» » Indoneziyada sunami qurbonlari soni 222 kishiga yetdi

Indoneziyada sunami qurbonlari soni 222 kishiga yetdi


23-dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Yava va Sumatra orollari oralig‘idagi Zond bo‘g‘ozida yuz bergan sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 222 kishiga yetdi. Jarohatlanganlarning soni esa 843 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida El Pais xabar bermoqda. Sumatra va Yava qirg‘oqlaridagi o‘nlab binolar butunlay vayronaga aylangan. Rasmiylar bu raqamlar yaqin vaqt ichida ortib borishidan xavotirda.

Tabiiy ofatlar talafotlarini bartaraf etish milliy agentligi vakili Sutoro Purvo Nugroxo, qurbonlar sonini aytib o‘tar ekan, hali 35 kishining taqdiri noma’lum ekanligini qayd etgan. Mahalliy vaqt bilan 21:27 va 21:35 oralig‘ida qirg‘oqqa urilgan sunami sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Pangdeglang qirg‘oq hududiga jiddiy shikast yetkazdi. Bu yerda halok bo‘lganlar soni 92 nafarni tashkil etmoqda. Yuzlab uylarga to‘lqin urilishi sababli ziyon yetdi.

Rasmiylar tabiiy ofatning kelib chiqish sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qilgan. Gap shundaki, odatda bu yerda yirik sunamilar kuchli zilzilalardan keyin yuzaga kelar edi. Bu safar esa hududda zilzila qayd etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют