» » Yeliseyev: Usmonovdan dang‘illama hovlini hadya sifatida olgan “Dar” fondining Medvedevga aloqasi yo‘q

Yeliseyev: Usmonovdan dang‘illama hovlini hadya sifatida olgan “Dar” fondining Medvedevga aloqasi yo‘q


Alisher Usmonovdan sovg‘a sifatida Rublyovkadagi dang‘illama hovlini olgan fondning Dmitriy Medvedevga aloqasi yo‘q. Buni bosh vazirning kursdoshi Ilya Yeliseyev Korrupsiyaga qarshi kurash fondi go‘yoki bosh vazirga aloqador bo‘lgan kompaniya faoliyati haqida olib borayotgan tekshiruvni izohlash so‘roviga javoban ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Yeliseyev “Dar” fondi, bosh vazirning rafiqasi Svetlana Medvedeva prezidentlik qiladigan Ijtimoiy-madaniy tashabbuslar fondi va boshqa bir qator fondlarda kuzatuv kengashi raisi bo‘lib ishlaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) 2-mart kuni e’lon qilgan tekshiruvda Ilya Yeliseyev hamda u bilan bog‘liq “Dar” va “Sotsgosproyekt” fondlari Medvedevning manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritayotganligi aytiladi. Fond, shuningdek, Bosh prokuraturaga ushbu fonddagi qonunbuzarliklar haqida arizalar berdi.

Ularda ta’kidlanishicha, 2010-yil avgustida “Sotsgosproyekt” biznesmen Alisher Usmonovdan xayriya shartnomasi bo‘yicha bepulga Rublyovkada joylashgan hovlini qabul qilib olgan. “Usmonovning tadbirkorlik faoliyati davlat shartnomalari, shuningdek, Medvedev qabul qiladigan normativ hujjatlarga bog‘liq bo‘lgani tufayli, 5 milliard rubllik ko‘chmas mulkning bu tarzda berilishi pora hisoblanadi”, — deyiladi arizada.

“Menga aloqador bo‘lgan tijorat va notijorat tashkilotlar qonun tomonidan ruxsat berilgan faoliyat bilan shug‘ullanadi. Ushbu yuridik shaxslar siyosiy arboblar yoki davlat xizmatchilari bilan bog‘liq emas”, — dedi Yeliseyev.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют