» » IIV yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

IIV yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi


IIV yong‘in xavsizligi boshqarmasi yangi yil tadbirlarini o‘tkazish vaqtida yong‘in va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermasligi uchun qanday xavfsizlik choralarini ko‘rish haqida ma’lumot berdi.

Yangi yil shodiyonalarini ko‘ngildagidek, shodu xurramlik bilan kutib olish uchun quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni unutmang:

- o‘quv yurtlarda va tashkilotlarda archani binolarning 1-qavatidagi keng xonalarga o‘rnatilishi, unda xonaning kamida ikkita chiqish joyi bo‘lishi shart;

- o‘tish joylarini sun’iy ravishda toraytirish, u yerlarga qo‘shimcha o‘tirish uchun jihozlar o‘rnatish va belgilangan me’yordan ko‘p odamlar bilan xonalarni to‘ldirish mumkin emas;

- muassasa rahbarlari tantana boshlanishi oldidan yoritgichlar sozligini, elektr sim va kabellar ulanishi “Elektr uskunalarini tuzilish qoidalari” asosida bajarilganligini, yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan birlamchi vositalari mavjudligini va ularni ishga yaroqliligini tekshirib ko‘rishlari shart;

- Yangi yil bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlarda archa mustahkam qilib o‘rnatilishi, shoxlari devor va shiftlarga tegmasligi, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan elektr girlyandalari va tez alangalanuvchi buyumlar bilan bezatilmasligi qattiq nazoratga olinishi zarur;

- archa qog‘oz, selluloid o‘yinchoqlar, paxta va tez yonuvchi materiallar bilan bezatilishi mumkin emas;

- archani isitish moslamalari yonida o‘rnatmaslik kerak;

- bayram marosimlari vaqtida turli mushak va boshqa pirotexnika buyumlaridan foydalanish taqiqlanadi;

- bolalarni archa atrofida va archa o‘rnatilgan xonada qarovsiz qoldirish hamda ularni tez yonuvchi materiallardan tayyorlangan kiyimlar bilan yasantirish mumkin emas;

- tadbir vaqtida ochiq olovdan foydalanish va shunga o‘xshash yong‘in yoki portlash xavfi bor ishlarni amalga oshirmaslik zarur;

- nosoz elektr o‘chirgich, rozetka, turli maishiy elektr jihozlardan hamda tashqi himoya qobiqlari shikastlangan yoki zararlangan elektr sim va kabellardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

“Agarda yong‘in alomati sezilsa, avvalo yosh bolalarni xavfsiz joyga chiqarib, zudlik bilan ‘101’ raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Ayniqsa qishning sovuq kunlarida xonadoningizda yong‘in chiqmasligi uchun nosoz gaz va elektr moslamalari hamda qo‘lbola isitish uskunalaridan foydalanmang.

Yong‘in tasodifiy yoki o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan kimyoviy holat emas, balki u kimningdir aybi bilan yuzaga keluvchi baxtsiz hodisadir. Ana shu baxtsizlikning oldini olish esa har bir kishining o‘z qo‘lida. O‘z yashash va ish joylaringizda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini so‘zsiz bajarilishini ta’minlang. Ana shunda yong‘in kelib chiqmaydi va uning oldi olingan bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют