» » Tereza Mey britaniyalik harbiylariga mamlakatni Rossiya bosqinidan himoyalagani uchun minnatdorchilik bildirdi

Tereza Mey britaniyalik harbiylariga mamlakatni Rossiya bosqinidan himoyalagani uchun minnatdorchilik bildirdi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey angliya harbiylariga Rojdestvo murojaatini qilar ekan, ularga Britaniya qirg‘oqlari va havo kengliklarini “Rossiya bosqinidan himoya qilgani uchun” minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Buyuk Britaniya hukumati raisi Solsberi ko‘chalarini eski razvedka bosh boshqarmasi sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlagan asab tizimini faajlovchi vositadan tozalaganliklari uchun harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, harbiylar Britaniyaning “hududiy suvlari va havo kengliklarini Rossiya bosqinidan himoya qilish” hamda “Sharqiy Yevropada ittifoqchilarni” mustahkamlashda ishtirok etganini ta’kidladi.

Britaniya bosh vaziri “Islom davlati” terrorchilariga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi. “Yangi yil kirib kelishi bilan bizni yangi muammolar kutmoqda. Ammo men har doimgiday ularga qarshi turishingizni bilaman. Jasorat, qat’iyatlilik, qobiliyat bilan” — dedi Mey.

Razvedka bosh boshqarmasi sobiq ofitseri Skripal va uning qizi Angliyaning Solsberi shahrida 4-mart kuni zaharlangan. Hodisa xalqaro ziddiyat keltirib chiqardi.

Britaniya hukumati zaharlashni tashkil qilishda Rossiyani aybladi. Rossiya hukumati barcha ayblovlarni rad etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют