» » AQSh Senati Tramp ma’muriyatida birinchi afroamerikalikni tasdiqladi

AQSh Senati Tramp ma’muriyatida birinchi afroamerikalikni tasdiqladi


AQSh Senati neyrojarroh, AQSh prezidentlik lavozimiga respublikachilardan sobiq nomzod Ben Karsonni turar-joy qurilishi va shahar taraqqiyoti vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Uning nomzodi uchun 58 nafar senator ovoz berdi, senatorlarning 41 nafari qarshi ovoz berdi. Shu tariqa, Karson AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida rasman tayinlangan birinchi afroamerikalik bo‘ldi.

Ben Karson — amerikalik neyrojarroh-shifokor va yozuvchi. Dunyoda birinchi bo‘lib ensa qismi tutashgan Siam egizaklarini ajratgan. Prezidentlik saylovlarida u Respublikachilar partiyasi praymerizida ishtirok etgan, biroq keyinroq kurashdan chiqib, Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan.

Dastlab Karson Tramp ma’muriyatidagi lavozimni egallashdan bosh tortgan, biroq keyinroq o‘ylab ko‘rib, roziligini bergan.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют