» » AQSh Senati savdo vaziri lavozimiga 79 yoshli milliarderni tasdiqladi

AQSh Senati savdo vaziri lavozimiga 79 yoshli milliarderni tasdiqladi


AQSh Senati Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri lavozimiga milliarder Uilbur Rossni tayinlash uchun ovoz berdi. Bu haqda 28-fevral, seshanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi.

79 yoshli investorni 72 nafar senator qo‘llab-quvvatladi, qonun chiqaruvchilarning 27 nafari qarshi ovoz berdi. Demokratik partiyaning 19 nafar vakili milliarder uchun ovoz berdi.

Ross bankrot bo‘lgan kompaniyalarni qayta sotishga ixtisoslashgan. U W.L.Ross & Co. kompaniyasini boshqargan va 2002-yilda International Steel Group kompaniyasiga asos solgan. Rossning boyligi 2,9 milliard dollarga baholanmoqda.

Biznesmen AQSh prezidenti Donald Trampning savdo kelishuvlarini, jumladan, Xitoy va Meksika bilan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek Qo‘shma Shtatlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi iqtisodiy dasturi tarafdoridir.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют