» » O‘zbekiston Markaziy banki maxsus stipendiyaga tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Markaziy banki maxsus stipendiyaga tanlov e’lon qildi


Toshkent shahrida joylashgan Oliy o‘quv yurtlari bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limi oxirgi ikki kursida hamda magistraturaning 2-kursida ta’lim olayotgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi tanlov asosida tayinlanadi, deb yozadi Spot.

2018/2019-o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1-fevraldan boshlab tayinlanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 2019-yil 1?15-fevral, ko‘rib chiqish va tanlov muddati — 16-fevral — 1-mart.

Markaziy bank stipendiyasi har yili, bir o‘quv yili uchun, sentabr oyidan boshlab, belgilanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 2?15-sentabr, ko‘rib chiqish va tanlov muddati — 16-sentabr — 1-oktabr.

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:

Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar Markaziy bank veb saytining maxsus sahifasi orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

Barcha hujjatlarni Markaziy bankning cbu.uz elektron manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Stipendiatlar o‘z xohishiga ko‘ra oliy o‘quv yurtlarini bitirganlaridan so‘ng bank tizimiga ishga joylashtiriladi.

Stipendiatlar bakalavriaturani tugatganidan so‘ng, Markaziy bankka ishga kirgan taqdirda, tegishli xalqaro moliya institutlariga tajriba almashish va mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki PhD yo‘nalish bo‘yicha o‘qish uchun xorijga umumiy tanlov asosida yuborilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют