» » O‘zbekistonda ba’zi talabalar uchun to‘lov-kontraktning birinchi yarmini to‘lash muddati 31-dekabr etib belgilandi

O‘zbekistonda ba’zi talabalar uchun to‘lov-kontraktning birinchi yarmini to‘lash muddati 31-dekabr etib belgilandi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ba’zi talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilanganini ma’lum qildi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018/2019-o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;

2018/2019-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;

2018/2019-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi, deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 18:30)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют