» » 2019-yilda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning O‘zbekistonga tashrif buyurishi rostmi?

2019-yilda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning O‘zbekistonga tashrif buyurishi rostmi?


Joriy yilning avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyning O‘zbekistonga tashrifi haqida ma’lumotlar tarqalgandi, deb yozadi O‘zA.

Tashqi ishlar vazirligining 2018-yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan anjuman doirasida “Fars News“ axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Sherali Avazbekov I.Ne’matovga ushbu xabarning nechog‘li asosli ekaniga oydinlik kiritishini so‘rab murojaat qildi.

I.Ne’matov esa tashrifning amalga oshirilishini inkor etmagan holda, savolni ochiq qoldirdi va unga 2019-yilgi rejalar tasdiqlangandan so‘ng javob berishini ma’lum qildi.

“Albatta, Eron mintaqada muhim ahamiyatga ega davlat. Mamlakatimiz ham ushbu davlat bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor bilan qaraydi. Tashrif borasidagi savolingizga keladigan bo‘lsak, oldindan bir nima deyish qiyin. Bugun O‘zbekiston xalqaro diplomatiya xabiga aylanib bormoqda. Bu bizning emas, balki xalqaro jamoatchilikning fikri. Qayd etish kerak, 2019-yilda qator tashriflar bo‘yicha turli takliflar bor. Ammo bu savolga ushbu masala bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgach javob berish maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — dedi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari I.Ne’matov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют