» » O‘zbekistonda 2019-yildan jismoniy shaxslar daromadlaridan 12 foizli stavka bo‘yicha soliq to‘laydi

O‘zbekistonda 2019-yildan jismoniy shaxslar daromadlaridan 12 foizli stavka bo‘yicha soliq to‘laydi


O‘zbekistonda soliq va budjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan:

Jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Yuridik shaxslar —12 foiz;

Tijorat banklari — 20 foiz;

Sement (klinker) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar  —20 foiz;

Polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar  —20 foiz;

Mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar — 20 foiz;

Dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют