» » “Angren” EIZda ko‘chma avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalarini yig‘ish boshlandi

“Angren” EIZda ko‘chma avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalarini yig‘ish boshlandi


“O‘zbekneftegaz” AJ “Angren” erkin iqtisodiy zonasida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ko‘chma avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017-yilda “O‘zbekneftegaz” va NK MOBILE tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxonada mazkur sex ishga tushirilgunga qadar ushbu qurilma Toshkent viloyatining Pskent tumanida sinab ko‘rildi va o‘zini samarasini ko‘rsatdi.

Qayd etish joizki, qurilma nafaqat transpor va qishloq xo‘jaligi sohasida, balki aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ham kor kelishi mumkin. Mutaxassislar hisob-kitob kitobiga ko‘ra, issiq kunlarda bir, sovuq tushganda esa ikkita ko‘chma gaz to‘ldirish stansiyasi bir oy davomida 30 dan ortiq xo‘jalikka xizmat ko‘rsatadi. Bu olis qishloq hududlariga tabiiy gaz tarmog‘i tortish yoki muntazam avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalari qurishdan ko‘ra arzonroq tushadi.

Birinchi bosqichda sexda 40 tagacha ko‘chma avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyasi yig‘ilishi ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida tomonlar yuqori bosimli gaz ballonlari ishlab chiqaradigan zavodni ham foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 700 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyasi ishlab turibdi. Kelgusi ikki yil davomida yana 178 ta shunday stansiya ochilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют