» » Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ralli bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ralli bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 2019-yilda 363 kilometrlik masofada ralli bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida o‘tkaziladigan ushbu musobaqa Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligi yo‘nalishida tashkil qilinadi.

– Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad hududda turizmni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir, – deydi Bosh prokuraturaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori Ruslan Tasimbetov. – Musobaqa tuman markazidan boshlanib Qora jar posyolkasi, Sudochye ko‘li, Ustyurt tekisligi orqali Orol dengizi qirg‘og‘idagi o‘tovlargacha boriladi. Qaytishda Qabanbay qiyaligi orqali “Uchsoy” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tib kelinadi. Ralli trassasida ishtirokchilar mamlakatimizdagi chiroyli manzaralarni, ya’ni Sudochye ko‘lini, Urga – eski baliqchilar qishlog‘ini, Ustyurt kanonlarini, ko‘chmanchi qabilalarga oid tarixiy maskanlarni, dengiz qirg‘og‘idagi XII-XIII asrlarga tegishli karvon saroyini, olislab ketgan Orol dengizini va Kemalar qabristonlarini tomosha qilishi mumkin.

Prezident tomonidan Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashish va huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, mutasaddilar tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining maxsus buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tuzilgan edi. Hozirda ushbu boshqarmada 12 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

Mo‘ynoqda boshlanayotgan shu va boshqa yirik loyihalarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashabbuskorlik qilmoqda.

Hududdagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga elektrotexnika, pedagogika, avtoslesar, payvandchi, turizm sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi yuzasidan taklif kiritildi. Boshqa davlatlarda o‘qigan mo‘ynoqlik 46 nafar fuqaroning diplomlarini nostrifikatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mo‘ynoq tumanidagi yo‘llarning bo‘yiga mingdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Tumanga investor va turistlarni jalb qilish hamda ular uchun ma’lumotlarni yetkazish maqsadida www.newmuynakcity.uz sayti ishga tushirildi. Ayni paytda tuman markazida mahalliy aholi hamda sayyohlar e’tiborini jalb qiladigan art obyektlar tashkil etilayotir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют