» » O‘zbekistonda yetishtiriladigan paxta to‘liq qayta ishlanadi

O‘zbekistonda yetishtiriladigan paxta to‘liq qayta ishlanadi


Xalqaro press-klubda “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati: yil sarhisobi va yangi vazifalar tahlili” mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi, deb xabar qiladi O‘zA.

Sessiyada ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatda to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati milliy iqtisodiyotning strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmog‘idir.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonida uyushma oldiga bir qancha vazifalar qo‘yilgan, – dedi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov. – 2019—2025-yillarga mo‘ljallangan tarmoqni rivojlantirish strategiyasini qabul qildik. Bu davrda 270 ga yaqin loyihani amalga oshiramiz. Birinchi galdagi vazifamiz mamlakatimizda yetishtiriladigan paxtani to‘liq qayta ishlash. 2019-yilda mahsulot eksportini 1,9 milliard dollarga yetkazish, 2025-yilga borib esa 7 milliard dollardan oshirishni maqsad qilib qo‘ydik.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish uchun ip-kalava ishlab chiqaruvchi xorijiy va qo‘shma korxonalar tashkil etildi va ular zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Sanoat korxonalari tomonidan 80 ga yaqin yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. To‘qimachilik korxonalarining 70 foizdan ortig‘ida ISO, EKO tizimi joriy etildi.

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining yirik iste’molchilari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hisoblanadi. Uyushma mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda tarmoqlar va hududiy korxonalar, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi muassasalar hududida monitoring va tahlillar olib boradi.

Sessiyada soha oldida turgan muammolar atroflicha tahlil etilar ekan, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, shuningdek, kadrlar salohiyati borasidagi kamchiliklar tanqid qilindi, jurnalistlar savollariga javob berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют