» » O‘z hayoti haqida YouTube-kanali orqali hikoya qiladigan Indoneziya prezidenti (video)

O‘z hayoti haqida YouTube-kanali orqali hikoya qiladigan Indoneziya prezidenti (video)


Indoneziya prezidenti Joko Vidodo o‘z hayoti haqida videobloglar yordamida hikoya qilishni afzal biladi, deb yozadi TJournal.

Chunonchi, 1-mart kuni mamlakat yetakchisi o‘z YouTube-kanaliga Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al Saudni prezident saroyida qabul qilib olgani aks etgan videoni joyladi.

Bunday videolar uchun u #JKWVLOG xeshtegidan foydalanadi, shu tariqa ular kanalda e’lon qilinadigan boshqa televizion reportajlar va rasmiy videolardan ajralib turadi.

Indoneziya prezidenti o‘z videolarini unchalik ham tez-tez e’lon qilmaydi. Fevral boshida u futbol bo‘yicha Prezident Kubogi tribunalarida olingan videoni joylagan edi.

Shuningdek, o‘sha vaqtda prezident vazirlar bilan ko‘cha yemakxonalaridan birida tamaddi qilgani aks etgan videoni bo‘lishgan edi.

2016-yil sentabrida esa Vidodo kamondan o‘q otishni o‘rganayotgani haqida gapirib bergan va fuqarolarning savollariga javob qilgan edi.

2016-yil avgustida Indoneziya Mustaqillik kunini nishonlash chog‘ida prezidentning YouTube-kanalida tadbirning keng formatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi bo‘lib o‘tgandi.

Ilk marotaba Indoneziya prezidenti YouTube’da o‘zining 22 yoshli o‘g‘lining kanalida paydo bo‘lgan edi. Rolikda ular armrestling jangini o‘tkazgandi.

Vidodo Twitter va Instagram’dan ham faol foydalanadi, u yerdagi obunachilarining umumiy soni o‘n milliondan oshadi.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют