» » Mourinyo ketdi, Pogba esa 2 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi

Mourinyo ketdi, Pogba esa 2 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 19-turi doirasida “Manchester Yunayted” klubi “Old Trafford” stadionida “Haddersfild”ni qabul qildi va 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu o‘yinda “qizil iblislar” yarim himoyachisi Pol Pogba 64 va 78-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi.

Sulsher murabbiyligida Pogba 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, Pol avvalgi bosh murabbiy Joze Mourinyo davrida (joriy mavsum) 12 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 1 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют