» » O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanadi

O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanadi


Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari aksiyalar paketlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga tanlov asosida 5 yilgacha berish shartlari belgilandi.

Mutasaddi organlar davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqib, hukumatga kiritadi.

2019-yil 1-fevraldan olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida vakolatli iqtisodiy operatorlar maqomi qo‘llaniladi.

Shuningdek, qaror bilan “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishga oid “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют