» » O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim muassasalariga 470 ming kitob bepul tarqatiladi

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim muassasalariga 470 ming kitob bepul tarqatiladi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 200 nomdagi kitobni chop etish uchun 10 milliard so‘m ajratdi. Bu haqda “Daryo“ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

2018—2019-yillar davomida barcha umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga o‘zbek mumtoz adabiyoti va jahon adabiyotining durdona asarlari yetkazib beriladi. Ushbu kitoblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘ylab tarqatiladi.

—Kelgusi yilda kitoblarni rus va ingliz tillarida ham chop ettirish hamda chekka-chekka qishloqlarga yetkazib berishni maqsad qilganmiz, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova.

Hozirda Markaziy kengash qoshidagi “Yoshlar nashriyot uyi”da 47 nomdagi badiiy kitob 10 ming nusxadan jami 470 ming dona chop etildi. Mazkur kitoblar respublikadagi 9636 ta maktab va 85 ta oliy ta’lim muassasasiga yetkazib berilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют