» » O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega

O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yuqumsiz kasalliklar mamlakat aholisi salomatligi ko‘rsatkichiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, deb yozadi O‘zA.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kamharakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, aholining 46 foizida qon tarkibida me’yoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida esa qon bosimi yuqori, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, bugungi kunda yurak, qon-tomir, asab tizimi, saraton, o‘pka, nafas yo‘llari va boshqa yuqumsiz kasalliklar aholi orasida eng ko‘p tarqalgan kasallik turi bo‘lib, har bir jamiyatning sog‘lom turmush tarziga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu borada sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan kasalliklarga qarshi kurashish mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, har bir fuqarodan ham tibbiy madaniyat va ogohlik talab qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 107) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют