» » Tokioda 8 piyodani urib yuborgan erkak “terakt sodir etganini” ma’lum qildi

Tokioda 8 piyodani urib yuborgan erkak “terakt sodir etganini” ma’lum qildi


Yaponiyaning Tokio shahridagi Sibuya tumanida sakkiz nafar piyodani urib yuborgan erkak politsiya tominidan hibsga olish jarayonida “terakt sodir etganini” ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Men buni o‘lim jazosiga qasos sifatida qildim. O‘zimni oqlamayman”, — deydi erkak.

Haydovchi hodisa joyidan ketib qolishga uringan, biroq darhol politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirgi vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak qasddan odam o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Piyodalarni urib ketgan mashina ijaraga olingan bo‘lib, Osaka shahrida ro‘yxatga olingan.

Hodisa Yangi yil kirib kelganidan keyin yuz bergan. Jabrlanganlarning aksariyati yoshlar.

Sakkiz nafar jabrlanuvchining olti nafari og‘ir jarohat olgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют