» » Fotogalereya: Aqlbovar qilmas tabiat hodisalari

Fotogalereya: Aqlbovar qilmas tabiat hodisalari


AdMe nashri tabiatning fantaziyasi chegara bilmasligini isbotlovchi suratlar jamlanmasini tayyorladi.

Foto: AdMe

Loy, balchiqli momaqaldiroqlar vulqon etagida chaqmoq paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi.

Foto: AdMe

Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu sirli hodisa qum termitlari “mehnati mahsuli” bo‘lishi mumkin.

Foto: AdMe

Shimoliy Irlandiyadagi qadimiy vulqonning otilishi oqibatida bir-biriga zich yopishgan 40 mingta bazalt ustunchalardan iborat makon yuzaga kelgan.

Foto: AdMe

AQShning Jorjiya shtati osmonida paydo bo‘lgan bulut — juda kamyob hodisa.

Foto: AdMe

Yilning 140—160 tuni davomida, tuniga 10 soat va bir soatda 280 martagacha suv ustida chaqmoq chaqib turadi.

Foto: AdMe

Har yili 43 million qisqichbaqa tuxum qo‘yish uchun okean sohiliga keladi. Mahalliy ma’muriyat qisqichbaqalarning ko‘chishiga xalal bermaslik maqsadida, bir hafta davomida orolning aksariyat yo‘llarini yopiq deb e’lon qiladi.

Foto: AdMe

Beliz sohillari yaqinidagi mazkur bahaybat karst chuqurlikning diametri 300 metrdan ortiq, chuqurligi esa 124 metrga yetadi.

Foto: AdMe

Undulatus asperatus yoki, boshqacha qilib aytganda, g‘adir-budur to‘lqinlar.

Foto: AdMe

Qaynoq buloqlar suvi hisobiga to‘lgan ushbu sho‘r ko‘l kichik flamingolar ko‘payadigan yagona joy hisoblanadi.

Foto: AdMe

Kanadadagi Kliluk ko‘li — magniy, kaltsiy va natriy sulfatining jahondagi eng katta zaxirasiga ega joydir.

Foto: AdMe

Tadqiqotchilarning no‘noq harakatlari oqibatida 1971-yili boshlangan yong‘in hali ham to‘xtagan emas.

Foto: AdMe

Sohildagi argillit jinslarning yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan sharsimon predmetlar suv yuzasiga chiqib qolgan.

Foto: AdMe

Kanadadagi Abraham ko‘lidagi muz qopqonga tushib qolgan metan pufakchalar.

Foto: AdMe

Dengiz va ko‘llarning sokin suvlarida, suv yuzasi yengil muzlayotgan vaqtda havo birdan keskin sovib ketsa, juda go‘zal shakllar paydo bo‘ladi.

Foto: AdMe

50 mingdan ortiq chug‘urchiqlarning osmondagi ulkan to‘dasi.

Foto: AdMe

Amerikadagi kimsasiz vodiyda g‘alati geologik hodisa kuzatiladi: qoya bo‘laklari birovning yordamisiz, harakatlanish izini qoldirgani holda, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chadi.

Foto: AdMe

Yaponiya sohillarida erkak ignaqorin baliqlarning sa’y-harakatlari bilan atrofi naqshinkor aylanalar paydo bo‘ladi. Ignaqorinning erkagi bu ishi bilan urg‘ochisining e’tiborini tortishga harakat qiladi.

Foto: AdMe

Minglab kilometrlar maydonni qoplab olgani holda, kapalaklar to‘dasi Kanadadan AQSh janubi tomoni parvoz qiladi.

Foto: AdMe

Yog‘ingarchilik har doimgidan-da ko‘proq bo‘lgan yillarda Chilidagi Atakama cho‘li gullar va maysalar bilan qoplanadi.

Foto: AdMe

Bunday bulutlar kamdan-kam, asosan tropik kengliklardagi po‘rtanalar vaqtida uchraydi.

Foto: AdMe

Fitoplanktonlarning ba’zi turlari lyuminestsentsiya qobiliyatiga ega.

Foto: AdMe

O‘z po‘stlog‘ini bo‘laklab tashlagani sabab, daraxt shunday ko‘rinishga kiradi.

Foto: AdMe

May oyidan iyulga qadar milliardlab sardinalardan tashkil topgan baliq to‘dalari Janubiy Afrika sohillari bo‘ylab suzib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют