WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » “Real” yarim himoyachisi Markos Lyorente 1 oyga safdan chiqdi
“Real” yarim himoyachisi Markos Lyorente 1 oyga safdan chiqdi
“Real Madrid” yarim himoyachisi Markos Lyorente jarohati sababli kamida 3 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda “Goal.com” xabar berdi.
23 yoshli futbolchining chovidagi muskullarida muammo paydo bo‘lgan. Lyorentening sport formasiga qaytishi uchun kamida bir oy vaqt ketadi.
Ispaniyalik yarim himoyachi Santyago Solari “Real”ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng jamoaning asosiy tarkibida to‘p surayotgan edi.
U dekabr oyida barcha musobaqalarda 7 marta maydonga tushdi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida “Al-Ayn” darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (4:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?