» » Olimlar Antarktika muzliklari ostidagi Merser ko‘ligacha yetib bordi

Olimlar Antarktika muzliklari ostidagi Merser ko‘ligacha yetib bordi


SALSA xalqaro loyihasiga mansub olimlar guruhi Antarktika muzliklari ostida, bir kilometrdan ortiq chuqurlikda joylashgan sirli Merser ko‘liga yetib borishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, maydoni 140 kvadrat kilometr bo‘lgan muz osti ko‘lining (Antarktikada ulardan 400 tasi aniqlangan) tadqiq etilishi Yerning noma’lum ekotizimlari biologiya va kimyosini o‘rganish imkonini beradi.

Olimlar qaynoq suvdan foydalanib yuqori bosimli burg‘ulash qurilmasi yordamida ko‘lgacha yetib borgani aytilmoqda. Hozirda ular ko‘l suvi tuzilishini batafsil o‘rganish va tasvirga olish uchun maxsus qurilmani tayyorlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют