» » O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurashdan boshladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurashdan boshladi


Tibbiyot muassasalari, jumladan, tug‘ruq komplekslarida ta’magirlik va korrupsiya holatlari chuqur o‘rganilib, tahlil etilgan holda tizimli choralar ko‘rib borilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar oshgan bo‘lsa, 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar oshiriladigan bo‘ldi. Bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rahbatlantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tuzildi.

Bundan tashqari, har bir shifokorning ishiga qarab baholash, muassasalarni davolanganlik holati bo‘yicha moliyalashtirish, audit va ichki tekshiruv tizimini yanada takomillashtirish, eng muhimi, jamoatchilik va deputatlarning tizimli nazorati yo‘lga qo‘yilmoqda. “Ishonch telefoni”, turli murojaat va shikoyatlar uchun “Fikr bildirish” qutisi, xodimlar va bemorlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish kabi choralar ham ko‘rilmoqdaki, vazirlik axborot xizmatining qayd etishicha, “bu ham bo‘lsa sohadagi turli ta’magirlik va korrupsiya holatlariga chek qo‘yilishiga xizmat qiladi”.

Sog‘liqni saqlash vazirligida tomonidan tizimdagi tibbiyot muassasalari, jumladan, tug‘ruq komplekslaridagi vaziyatni nazorat qilib borish, korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida ko‘plab vazifalar belgilab olindi. Shu asosda O‘zbekistondagi barcha tug‘ruq muassasalarida faoliyat olib borayotgan obro‘li va tajribali xodimlardan iborat “Ustozlar kengashi” guruhlari tuzildi.

Tug‘ruq komplekslaridagi bemorlar orasida esa anonim so‘rovnoma o‘tkazish borasida tashkillashtirilgan “Fikr bildirish” qutilarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tug‘ruq muassasalarida chaqaloqlarni uyga kuzatuv xonalariga qo‘shimcha ravishda videokuzatuv moslamlari o‘rnatildi.

Shifoxonada pullik xizmat va servis xizmatidan foydalanuvchi bemorlar bilan to‘lov shartnomasi qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi tashkil etildi. Shuningdek, ultratovush tekshiruvlarini pullik va bepul aholi qatlami uchun o‘rnatilgan tartibda alohida tashkil etish choralari ko‘rildi.

Vazirlik tomonidan 2018-yilda ham ta’magirlik va korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash olib borildi. Jumladan, tizimidagi onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarida ijobiy ma’naviy muhitni shakllantirish, tibbiy va xo‘jalik xizmati xodimlarini o‘rnatilgan mehnat tartibiga amal qilishiga erishish, statsionar xizmat sifatini yuksaltirish, ta’magirlik va poraxo‘rlik holatlarining oldini olish maqsadida o‘tgan yil oktyabr oyida Bosh prokuratura ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan 17 ta tug‘ruq va ginekologik muassasalarida monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha 22 nafar tibbiyot xodimi lavozimidan ozod etilgan va intizomiy choralar qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют