» » Toshkentda uyidan Matiz mashinasida chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yashar yigit qidirilmoqda

Toshkentda uyidan Matiz mashinasida chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yashar yigit qidirilmoqda


Joriy yilning 4-yanvar kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi R.J.(ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3-yanvar kuni o‘g‘li 1992-yilda tug‘ilgan Behruz Jo‘rayev o‘zining boshqaruvidagi Matiz 01 W 914 QA davlat raqamli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

B. Jo‘rayevni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Fuqarolardan, ushbu shaxs va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega shaxs bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishni yoki “102” telefon raqami orqali xabar berishni so‘raymiz” — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют