» » O‘zbekistonda mehmonxonalar qurish uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

O‘zbekistonda mehmonxonalar qurish uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi


“Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“ gi Prezident qaroriga binoan 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam bo‘lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2022-yil 1-yanvargacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bunda, investorlar xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan moliyalashtirish miqdori qo‘shimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga yetguniga qadar kelgusi yil uchun Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘m, 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘mni tashkil qiladi.

Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi ko‘pi bilan 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют