» » O‘lim jazosi ijrosini 11 yil kutgan AQSh fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

O‘lim jazosi ijrosini 11 yil kutgan AQSh fuqarosi o‘z joniga qasd qildi


AQShda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 48 yoshli Skott Dozyer 2002-yilda odam o‘ldirgan edi. Tergov davomida u 2007-yildagi yana bir qotillikda ayblandi va o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb yozadi Meduza.

O‘lim jazosi shtatda 2006-yildan buyon qo‘llanilmayotgan edi. Dozyer barcha apellyatsiyalardan voz kechdi. Uning advokatlari o‘lim inyeksiyasi mijoziga azob berishi mumkinligini isbotladi.

2017-yilning noyabrida sud hukm chiqarishni noma’lum muddatga kechiktirdi. 2018-yilning mayida sud o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat berdi, biroq iyul oyidayoq bu qarorni bekor qildi. Chunki boshqa dori vositasining ishlab chiqaruvchilari shtat uni noqonuniy qo‘lga kiritganligini isbotlashga erishdi.

5-yanvar kuni Dozyer o‘z kamerasida o‘lik holda topildi. Qamoqxona ma’muriyati u o‘z joniga qasd qilganligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют