» » Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uylarga professional boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi

Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uylarga professional boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi


Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorda belgilanishicha, 2019-yilda Yunusobod tumanidagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.

Boshqaruv kompaniyasi faoliyatini hisobdorlik va oshkoralik asosida olib boradi hamda mulkdorlarga har chorakda hisobot beradi, shuningdek, umumiy mulkni saqlash uchun to‘lanmagan majburiy badallarni undirish huquqiga ega.

Qaror bilan Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi, kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasitashkil etildi.

2020-yil 1-yanvargacha tajribani Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham qo‘llash choralari ko‘riladi.

Boshqaruv kompaniyalarining uy-joy fondini saqlashdan olgan daromadlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan va foyda solig‘idan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, materiallar va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют