» » Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi Xususiy uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi Xususiy uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi


Sergeli tumani 6-A massivida Xususiy uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi ish boshladi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Sergeli tumanidagi tashrifi doirasida mazkur xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda ko‘p uylarni o‘zida birlashtirgan yirik shirkatlar optimallashtirilib, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va professional boshqaruv kompaniyalari tashkil etilmoqda.

Boshqaruv kompaniyasida aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. 40 dan ortiq xodim uy-joy fondini asrash va malakali xizmat ko‘rsatish borasida mehnat qilmoqda. Kompaniya 8 ta maxsus texnikaga ega bo‘lib, massivdagi barcha yumushlarni bajaradi. Massivda 5 ta chiqindi yig‘ish punkti tashkil etilgan. Ularni kompaniyaga tegishli texnika vositalari tashib ketadi.

Bu yerda mulkdorlarning kundalik yumushlarini bajarish uchun barcha sohalar bo‘yicha mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Hovlilarga o‘rnatilgan chiroqlar, yo‘laklardagi ozodalik, daraxtlar va gullar doimiy nazoratda, har bir uy kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.

Kompaniya qoshida “Ipoteka bank”ning Sergeli filiali 12-jamg‘arma kassasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют