» » Uzbek Tigers – Patriot Boxing Team 4:0. Zuhriddin Mahkamov O‘zbekistonning yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi

Uzbek Tigers – Patriot Boxing Team 4:0. Zuhriddin Mahkamov O‘zbekistonning yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 3-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

Navbatdagi,  4-jangda eng og‘ir sanalgan +91 kilogramm vazndagi bokschilar kuch sinashdi. O‘zbekistonlik Zuhriddin Mahkamov Patriot Boxing Team a’zosi Islom Tekeyevni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

 

Oldinroq Uzbek Tigers vakillaridan Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Elnur Abduraimov (-64 kg) hamda Isroil Madrimov (-75 kg) rossiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Mazkur bellashuvdan so‘ng Uzbek Tigers hisobni  4:0 ko‘rinishiga olib keldi. Qayd etish joiz, Uzbek Tigers joriy mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi. So‘nggi jangda eng yengil vazndagi bokschilar ringga ko‘tariladi. Rio–2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatovga Bator Sagaluyev raqib bo‘ladi.

-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev

Estatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют