» » Yaponiya Kuril orollari uchun tovon pulidan voz kechmoqchi

Yaponiya Kuril orollari uchun tovon pulidan voz kechmoqchi


Yaponiya hukumati Rossiyaga Janubiy Kuril orollari uchun tovon pulini talab qilishdan voz kechishni taklif qilmoqchi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Yomiuri xabar bermoqda.

Moskvaga bu taklif mamlakatlar o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi bo‘yicha navbatdagi muzokaralarni o‘tkazish davomida ma’lum qilinadi.

Avvalroq, Yaponiya Janubiy Kuril orollarini Ikkinchi jahon urushi davrida bosib olingan hudud deb hisoblagan. Shu sababli Tokio bosib olingan yerlarga tovon pulini to‘lash huquqini saqlab qolgan. Endilikda mamlakat hukumati bunday shikoyatlar Rossiya bilan munosabatlarini murakkablashtirib yuboradi degan taxminda bunga shubha bilan qaramoqda.

Ikkinchi jahon urushi yakunida Rossiya va Tokio davlatlari o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanmagan. Uning imzolanishiga asosiy to‘siq Kurilning janobiy qismi – Itupur, Kunashir va Xabomai orollari doriasida hududiy nizolarning hal etilmaganligi bo‘ldi.

Yaponiya tomon Janubiy Kuril orollarini “shimoliy hudud” deb hisoblaydi va uning ustidan Rossiya suverenitetini tan olmayapti. Moskva esa o‘z navbatida hududiy nizolarni tan olmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют