» » O‘zbekistondagi eng yirik sog‘lomlashtirish kompleksi qurilishiga xorijiy investor jalb etiladi

O‘zbekistondagi eng yirik sog‘lomlashtirish kompleksi qurilishiga xorijiy investor jalb etiladi


O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasida Asia tour Elite kompaniyasi tomonidan “Zangiota termal sog‘lomlashtirish kompleksi” loyihasini amalga oshirish uchun Belgiyadan maslahatchi jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbek tomonidan hujjatni Asia tour Elite bosh direktori Akmal Qosimov, Belgiya tomonidan “Yukon” yuridik kompaniyasi direktori Jean de Brabander imzoladi.

Xorijiy maslahatchi O‘zbekistondagi eng yirik sog‘lomlashtirish-SPA kompleksi bo‘lishi kutilayotgan loyiha uchun xalqaro investor topish, yuridik hujjatlarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi.

Sanatoriy tipidagi 400 ta xonadan iborat mehmonxona qurilishi, ko‘plab tibbiy-sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatilishi ko‘zda tutilayotgan loyiha ishga tushgach, uning xizmatlaridan nafaqat Toshkent shahri va viloyati, balki Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlar fuqarolari ham foydalanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют