» » Soliq va prokuratura mutasaddilari QQS bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashdi

Soliq va prokuratura mutasaddilari QQS bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashdi


Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan shahar prokuraturasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida ayrim mahsulotlar 20 foizli qo‘shimcha qiymat bilan sotilayotgani bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi “Daryo”ga xabar berdi.

Jumladan, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbari N.Tursunov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari A.Po‘latov poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat yuritayotgan “Krantas” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ishlab chiqarish korxonasi kelgan holda korxona rahbari hamda hisobchisi bilan o‘zaro fikr almashib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yuzma-yuz muloqot jarayonida qayd etilganidek, bugun O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligida yangi tizim yaratildi. Ya’ni, soliq xizmati organlari tekshiruvchi emas, xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, joriy yildan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 12 foizlik yagona stavkasi joriy etildi. Bu budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan 8 foizli sug‘urta badali butunlay bekor qilindi.

Natijada 2019-yilda Toshkent shahar fuqarolari ixtiyorida 1342,5 milliard so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.

Shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi. Davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanma mablag‘lari (tushumi)dan undiriladigan 3,2 foizli majburiy ajratmalar bekor qilindi. Ushbu pasaytirishlar hisobiga joriy yilda Toshkentda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ixtiyorida 702,2 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolishi kutilayapti.

Uchrashuvlarda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarni soliq to‘lovchilarga tushuntirish hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida har bir tuman davlat soliq inspeksiyasining Telegram kanali ishga tushirilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari soliq qonunchiligi bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzasidan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining 71-244-54-86 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют