» » Chilonzorda 655 ta korxona 2019-yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘laydi

Chilonzorda 655 ta korxona 2019-yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘laydi


Chilonzor tumanida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2019-yil 1-yanvardan soddalashtirilgan soliq to‘lovi tizimidan umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tayotgan soliq to‘lovchilar uchun seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, kelgusi yildan yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tkazish tartibi hamda soliqlarni to‘lash muddatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha Chilonzor tumanida yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan 655 ta korxona mavjud. Ularga 2019-yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari zarurligi haqida xabarnomalar jo‘natilgan. Joriy yilning 27-noyabr holatiga 261 ta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ham ulgurgan.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Soliq servis” davlat unitar korxonasi ishga tushirildi. Korxona xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillariga hisobotlarini tayyorlash va topshirish, budjet bilan munosabatlarini tartibga solish, elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatiladi.

“Soliq qonunchiligi me’yorlarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelganda, 24 soat uzluksiz ishlaydigan Call-markazga 71-202-32-82 yoki qisqa “1198” raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют