» » Surxondaryoda 1 200 ta korxona umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tkazilishi kutilmoqda

Surxondaryoda 1 200 ta korxona umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tkazilishi kutilmoqda


Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi korxona (yuridik shaxs)lar soni 500 tani tashkil etadi. Soliq islohotlari konsepsiyasiga asosan 2018-yil yil yakuniga ko‘ra, ularning soni 1 200 taga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo” ga ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari umumbelgilangan tartibga o‘tayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan ishlash maqsadida (joriy yil 9 oyi yakuniga ko‘ra) 2018-yilni 1 milliard so‘mdan ortiq tovar aylanmasi bilan yakunlashi kutilayotgan yagona soliq to‘lovchi korxonalarni faoliyat turi va hududi bo‘yicha ajratib, amaliy yordam ko‘rsatiladigan 781 ta nomzod xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatini shakllantirdi. Mazkur korxonalarga umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida yozma xabarnomalar yuborildi.

Endilikda har bir tuman (shahar)dagi ro‘yxati shakllantirilgan nomzod korxonalarning vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi mas’ul xodimlari buxgalterlari mavjud bo‘lmagan xo‘jalik subyektlariga elektron hisob-fakturalarini yuritish qoidalarini o‘rgatadi.

Umumbelgilangan rejimda soliq to‘lashga o‘tayotgan har bir korxonaga hududiy davlat soliq xizmati organlaridan xodimlar biriktirilib, birinchi marotaba topshiriladigan hisobotlar yoki to‘ldiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalari birgalikda amalga oshiriladi hamda 2019-yil davomida bevosita amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют