» » Rossiya TIV: Rossiya Afg‘onistonga qo‘shinlarini kiritish niyatida emas

Rossiya TIV: Rossiya Afg‘onistonga qo‘shinlarini kiritish niyatida emas


Rossiya Afg‘onistonga qo‘shinlarini kiritish niyatida emas va buning hech qanday asoslarni ko‘rmayapti. Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov AQSh prezidenti Donald Trampning bu boradagi so‘zlariga shunday izoh berdi, deya ma’lum qiladi “TASS”.

Tramp joriy yil boshidagi chiqishida Afg‘onistonda ushbu mamlakatning qo‘shnilari — Pokiston, Rossiya va Hindiston jang qilishi lozimligini bildirgandi.

Bu mutlaqo istisno etilgan. Buning uchun hech qanday asos ko‘rmayapmiz. Biz Afg‘oniston hukumati bilan anchadan beri xavfsizlik borasida hamkorlik qilib kelamiz. Bu hamkorlik mustahkamlanib, yangi darajaga chiqib bormoqda. Ammo Rossiyaning harbiy ishtiroki haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi”, — ta’kidladi Ryabkov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют