» » O‘zbekistonning yetakchi uyali aloqa operatorlari ommaviy tarqatilayotgan spam haqida ma’lum qildi

O‘zbekistonning yetakchi uyali aloqa operatorlari ommaviy tarqatilayotgan spam haqida ma’lum qildi


O‘zbekistonning yetakchi uyali aloqa operatorlari — Beeline, UMS va Uzmobile ularning nomidan ommaviy tarqatilayotgan spam haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Operatorlar xabarlarida ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va SMS orqali noma’lum shaxslar tomonidan kompaniyalar nomidan yolg‘on xabarlar tarqatilayotganligi ta’kidlanadi. Ularda xabarni tarqatish va buning evaziga daqiqa va Gigabayt ko‘rinishidagi bonuslarga ega bo‘lishga da’vat qilinadi.

Bonuslarni qo‘lga kiritish uchun abonentlar SMS yoki xabarni o‘zining 20 ta do‘stiga qayta jo‘natishi lozim. Barcha xabarlar deyarli bir xil — faqat kompaniyalar nomi o‘zgaradi.

Barcha uch operator firibgarlarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilayotganligini ta’kidlab, o‘z abonentlarini mazkur yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют