» » Aaron Remzi “Yuventus”ga o‘tadigan bo‘ldi

Aaron Remzi “Yuventus”ga o‘tadigan bo‘ldi


“Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzi faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi.

Uelslik futbolchi Turin jamoasi bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga rozi bo‘lgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Shartnomaga ko‘ra, uning yillik maoshi 8 million yevroni tashkil etadi. U jamoada Krishtianu Ronaldudan keyin eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Remzi yangi shartnoma tuzishda “Arsenal” bilan kelisha olmadi va shu yilning yozida hech qanday kompensatsiya pulisiz “Yuventus”ga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, futbolchi ushbu mavsumda 18 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют