» » Quvaysoyda kuniga 400 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Quvaysoyda kuniga 400 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatiladi


Mazkur Davlat xizmatlari markazi kuniga 400 nafarga yaqin fuqaro va tadbirkorlarga 70 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida markazda bolalar maydonchasi, bank shoxobchasi, qulay va yumshoq o‘rindiqlar o‘rnatilgan dam olish xonasi va kutish zali mavjud.

Quvasoy shahri aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, mahalliy hokimiyat ko‘magi bilan “Halq qabulxonasi” yagona brendi ostida, shahar markazidagi ikki qavatli bino kapital ta’mirlanib, fuqarolarga tezkor, shaffof va sifatli xizmat ko‘rsatuvchi, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Quvasoy shahar Davlat xizmatlari markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimi Shuxrat G‘aniyev, viloyat Halq qabulxonasi mudirasi Robiyaxon Maxmudova, Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Boyqo‘ziyeva hamda Quvasoy shahar hokimi Adham Ziyavitdinov va yana bir qator mutasaddi tashlkilot rahbarlari qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют