» » Amerika kemasida 300 ga yaqin sayyoh xavfli virusga chalindi

Amerika kemasida 300 ga yaqin sayyoh xavfli virusga chalindi


Amerika kruiz kemasi bortida boshlangan epidemiya sababli Kanaveral portiga muddatidan oldin qaytadi. Kema bortidagi 270 dan ortiq yo‘lovchi norovirusga chalingandan so‘ng shunday qaror qabul qilindi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kasallik aniqlanishi bilan kema Yamaykada prichalga bog‘langan. Uning bortida 9 mingga yaqin mehmon va ekipaj a’zolari bo‘lib, ulardan 277 nafari xastalikka chalingan.

Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, kema ichak infeksiyasi avj olganligi sababli Kanaveral portiga bir kun oldin qaytadi. U, shuningdek, xastalikka chalinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganligi, yo‘lovchilarning barchasi kruiz qiymatiga teng tovon puli olishini qo‘shimcha qildi.

Virus avj olganligi sababi hozircha ma’lum qilinmagan. Oshqozon va ichak grippi norovirus deb ataladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют