» » Prezident Administratsiyasi Bo‘ka tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi

Prezident Administratsiyasi Bo‘ka tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi


Prezident Administratsiyasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tumanning eng olis hududlaridan biri — Ravot qishlog‘ida tashkil etilgan muloqotda viloyat va tuman sektorlari, boshqarma va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari, viloyat sudlari raislari, murojaatchi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— “Mustaqil O‘zbekiston“ fermerlar uyushmasi hududida 5 ta mahalla mavjud bo‘lib, 10 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi, — deydi “Katta Ravot“ mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Erkin Ismatov. — Jumladan, bizning mahallada qariyb 2 ming 900 nafar kishi yashaydi. Albatta, aholining yo‘l, kommunal xizmat, ta’lim, tadbirkorlik va fuqarolik hujjatlari bilan bog‘liq muammolari bor. Qishlog‘imiz tuman markazidan ancha olisda joylashgani bois, ha deganda markazga borib kelishning imkoni yo‘q. Chekka qishloqlarda mana shunday muammolar borligini bilib, ularni hal etish uchun respublika va viloyat tashkilotlari rahbarlari kelayotgani bizni quvontirdi.

Sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi diqqat bilan tinglanib, ularning e’tiroziga sabab bo‘lgan holatlarni hokimlik, masalaga daxldor boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

— O‘g‘lim “Sharof bobo Toir o‘g‘li“ fermer xo‘jaligi rahbari, — deydi 74 yoshli Suyun bobo Sharopov. — Yozda 2 tonna urug‘lik kartoshka olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bank shartnomaga muvofiq, 15 million so‘mni urug‘lik yetkazib beruvchi MChJga o‘tkazdi. Keyin urug‘ni olish uchun MChJga bordik. Urug‘i sifatsiz bo‘lgani uchun olmadik. Muammo shundaki, MChJdagilar xohlasang shu, deb pulimizni qaytarib bermayapti. Bank esa yo‘q kartoshka urug‘i uchun kreditiga 18 foizdan to‘lov hisoblashda davom etmoqda. Xullas, bormagan eshigim qolmadi. Bugun esa mutasaddi rahbarlar qishlog‘imizga o‘zlari keldi. Arzimni shaxsan viloyat hokimi eshitib, hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Aholi bilan ochiq muloqotlar mobaynida qishloq aholisining 40 ga yaqin murojaati tinglanib, ma’lum qismi joyida bartaraf etildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют