» » Dibala “Real”ga, Isko esa “Yuventus”ga o‘tishi mumkin

Dibala “Real”ga, Isko esa “Yuventus”ga o‘tishi mumkin


Italyaning “Yuventus” klubi “Real” yarim himoyachisi Isko transferi bo‘yicha ish olib bormoqda, deb yozadi Tuttosport.

26 yoshli futbolchi ushbu mavsumda “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibidan muqim joy ololmadi.

Madridliklar bitta shart bilan o‘yinchini Turin klubiga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi. “Qaymoqranglilar” “Keksa sinyora”dan Isko evaziga jamoa hujumchisi Paulo Dibalani berishini talab qilmoqda.

Isko transferlar bozorida 80 million yevro, Dibala esa 100 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, Isko o‘rniga himoyachi Aleks Sandro yoki yarim himoyachi Miralem Pyanich Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют