» » O‘zbekistonda smartfonlarni IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olishning yangi tartibi joriy etiladi

O‘zbekistonda smartfonlarni IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olishning yangi tartibi joriy etiladi


Axborot kommunikatsiyalari vazirligi 2019-yilning 11-yanvarida mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olishning tartibi va shartlari haqidagi yangi nizom loyihasini e’lon qildi, deb yozadi “Terabayt.uz”.

Yangi loyiha saytga 2018-yil dekabrining oxirida joylanib, keyin olib tashlangan dastlabki variantidan farq qiladi.

Yangi qaror loyihasida oldingisiga nisbatan bir qator o‘zgarishlar mavjud. Unda nazarda tutilayotgan o‘zgarishlarni qisqa va sodda qilib aytganda, “o‘tish davri”da O‘zbekistondagi uyali aloqa qurilmalari ro‘yxatga olinadi va ular “oq ro‘yxat”da hisoblanadi. Shu davr mobaynida ma’lumotlari taqdim etilmagan smartfon va planshetlar “qora ro‘yxat”ga tushadi va ishlamay qoladi. O‘zbekistonga yangi olib kirilgan, IMEI raqami mazkur ro‘yxatlardan biriga kirmagan smartfonlar esa “kulrang” ro‘yxatda bo‘lib, 30 kungacha cheklovlarsiz ishlayveradi, keyin esa “oq” yoki “qora” ro‘yxatga o‘tadi. To‘rtinchi tur gadjetlar “bog‘langan oq ro‘yxat”da turadi — bular sinov uchun qo‘llanayotgan smartfonlar bo‘lib, IMEI raqami tegishli telefon raqamiga bog‘langan bo‘lib, boshqa SIM-karta bilan ishlamaydi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov hajmi ham o‘zgargan: yangi loyihada u eng kam oylik ish haqiga bog‘lanmagan. Har bir qurilmaning IMEI raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun import qiluvchi 25 ming so‘m, mahalliy ishlab chiqaruvchi va jismoniy shaxs esa 20 ming so‘m to‘laydi. Lekin, talab qilinadigan barcha hujjatlari mavjud bo‘lmasa, devays uchun bojxonada aniqlangan narxining 100 foizi miqdorida to‘lash kerak bo‘ladi. Xorijliklarning smartfonlari esa bepul ro‘yxatdan o‘tkazib beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan smartfonlar soni bo‘yicha cheklov yo‘q, oldingi loyihada bitta jismoniy shaxs olti oyda bittagina qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkinligi yozilgan edi.

Qaror loyihasi muhokamasi 26-yanvarga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют