» » Uyda joy kam bo‘lsa, ish joyini qanday tashkillashtirish mumkin?

Uyda joy kam bo‘lsa, ish joyini qanday tashkillashtirish mumkin?


Hozirgi zamonda uydan turib ishlash ommabop bo‘la boshladi. Bu ishlash uchun qulay bo‘lgan joy ajratish muammosini keltirib chiqaradi. Agar yashayotgan uyingiz kichkina bo‘lsa, bu borada bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishingiz tabiiy. Biz siz uchun ishlashga qulay ish joyini qayerda tashkillashtirish to‘g‘risida bir nechta foydali maslahatlarni to‘pladik.

Oddiy karavotni cherdakli karavotga almashtiring. U ikki qavatli karavotlarga o‘xshash, faqat birinchi qavatdagi karavot o‘rnida stol joylashtiriladi.

Balkonga isitgich o‘rnatib, kitob qo‘yiladigan tokchali stol joylashtilsa, ishlashga qulay ish joyi tayyor bo‘ladi.

Kvartirada ishlatilmayotgan kichkina omborxonami yoki foydalanilmayotgan boshqa biror joyni ish joyiga aylantirish qiyin emas. Buning uchun kichikroq ish stoli va funksional shkaf qo‘yishning o‘zi kifoya.

Kengroq derazatokchaga mos keladigan stul qo‘yilsa va ishlashda kerak bo‘ladigan ixcham aksessuarlarni chiroyli qilib joylashtirilsa ishlaydigan joy tayyor bo‘ladi.

Agar uyingizda zinapoya bo‘lsa, uning ostidagi bo‘sh joy ish joyi uchun juda mos keladi. U yerga hatto kompyuter uchun burchakli stol ham joylashtirish mumkin.

Boshqa payt uning ustiga mehmonlar uchun choy va shirinliklar qo‘yish mumkin. Ishlashga joy kerak bo‘lib qolganda esa bemalol yozuv stolining o‘rnini bosa oladi.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют