» » Namanganda ajralish arafasida turgan 43 ta oila yarashtirildi

Namanganda ajralish arafasida turgan 43 ta oila yarashtirildi


Namangan shahridagi Agrotadbirkorlik kollejida Respublika xotin-kizlar qo‘mitasi va Oliy sud o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq o‘tkazilgan sayyor qabulda ajralish arafasida turgan 43 ta oila yarashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Irodaxon Qo‘chqorova ma’lum qildi.

Notinch oilalar vakillari taklif etilgan muloqotda Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov, respublika xotin-kizlar kumitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Marufova oilalarni mustahkamlash omillari to‘g‘risida o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi, mavzuga taalluqli film namoyish etildi.

Shundan so‘ng xotin-qizlar qo‘mitalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutaxassislari, imom-xatiblar har bir oila bilan alohida suhbat yuritdi, ajrim sabablarini o‘rgandi. Muloqotlar natijasida 43 ta oila murosa yo‘lini tanladi.

— Shu qabul bahona oilamizni tiklash uchun qadam qo‘ydik. Qushning ham ini buzilmasin ekan. Bizga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilganidan xursand bo‘ldik, yo‘l qo‘ygan xatolarimiz yotig‘i bilan tushuntirildi, — deydi Namangan shahridagi “Alpomish” mahallasida yashovchi Odina Izzatulayeva.

Irodaxon Qo‘chqorovaga ko‘ra, o‘tgan yili Namanganda 2508 ta ajrim qayd etildi. 2017-yilga nisbatan ajrimlar soni biroz, aniqrog‘i, 16 taga kamaygan bo‘lsa ham, viloyatning Kosonsoy, Norin, Pop va Chortoq tumanlarida bu ko‘rsatkich oshgan. Shuningdek, viloyatda 2911 ta sha’riy nikoh bilan yashayotgan oila aniqlandi. Shu kungacha ulardan 172 juftlikning nikohi qonuniy rasmiylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют