» » Jizzaxda 60 ta xonadon harbiy xizmat chog‘ida halok bo‘lganlarning oilalariga topshirildi

Jizzaxda 60 ta xonadon harbiy xizmat chog‘ida halok bo‘lganlarning oilalariga topshirildi


Jizzax viloyatida Vatan himoyachilari kuni hamda mamlakat Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida harbiy qismlarning tantanali saf namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi tarkibidagi harbiy qismlar, alohida otliq kavaleriya qismlari harbiy orkestr sadolari ostida safda o‘tib, mamlakat Qurolli Kuchlari jangovar salohiyatini namoyish etdi.

Bayram tadbirlari Jizzax shahri Ittifoq mahallasida qo‘shaloq bayramga aylandi. Bu yerda yangi qurib bitkazilgan 5 qavatli zamonaviy uyning 60 xonadoniga harbiy xizmatchilar va xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lganlarning oilalari ko‘chib o‘tdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda ishtirok etgan Jizzax harbiy garnizoni, Markaziy harbiy okrug, hokimiyat va qurilish tashkiloti vakillari, keng jamoatchilik xonadonlar sohiblarini Vatan himoyachilari kuni va yangi uy bilan qutladi.

– Vatan himoyachilari kunida yangi uyga ko‘chib o‘tganimizdan behad xursandmiz, – deydi kapitan Shuhrat Usanov. – Uch xonali zamonaviy jihozlangan uyda oilamiz uchun barcha qulaylik bor. Bu g‘amxo‘rlik va rag‘batga sodiq xizmat qilish bilan javob qaytaramiz.

Tadbirlarda Jizzax viloyati hokimi E.Soliyev so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют