» » Internetga pul tikkan o‘zbekistonlik barcha pullarini yutqazib qo‘ydi va hamkasbining onasini o‘ldirdi

Internetga pul tikkan o‘zbekistonlik barcha pullarini yutqazib qo‘ydi va hamkasbining onasini o‘ldirdi


Komil G‘afforov Toshkentdagi “Maxsustrans” tuman bo‘linmasining garajida bir necha yildan buyon ishlab kelayotgan edi. Maosh olayotgan yigit bo‘sh vaqtida internetdagi sport musobaqalariga pul tika boshladi. Biroq uning bu mashg‘uloti qotillikka olib keldi, deb yozadi Repost.

Bir muddat o‘tib, Komil ganak uchun pullarni elektron hamyonga tushirib beradigan Radion Bratchenko bilan tanishib qoldi. Tez orada ular pullarni elektron hamyonga tashlash uchun Bratchenkoning uyi yaqinida uchrasha boshladi. O‘tgan yil boshida Komil ishlab topgan 2 350 000 so‘m hamda garajda ishlovchi haydovchidan qarzga olgan 200 dollarni o‘yinga tikdi va ularning hammasini yutqazib qo‘ydi.

“Moyka” egasi pullarni qaytarishni talab qilib, G‘afforovning pasportini olib qo‘ydi. Pullarni qanday qaytarishni bilmagan Komil ularni Bratchenkoning uyidan o‘g‘irlashga qaror qildi. Unga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashishga kelishdi va Radion uyidan chiqishi bilan uning uyiga ochik eshik orqali kirdi. Oshxonada Radionning onasiga ko‘zi tushgan G‘afforov oshxona pichog‘i bilan unga bir nechta zarba berdi. Pullarni olib, uyni tark etdi.

Yaqin atrofdagi qurilishdan ish topgan Komilni bir necha kundan so‘ng militsiya olib ketdi. Sud uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют