» » Video: To‘siqlarni pisand qilmas to‘rt oyoqli Minitaur roboti

Video: To‘siqlarni pisand qilmas to‘rt oyoqli Minitaur roboti


AQShning Pensilvaniya universiteti olimlari tomonidan tashkil qilingan Ghost Robotics kompaniyasi to‘rt oyoqli Minitaur robotining takomillashtirilgan ko‘rinishining sinovlarini namoyish qildi. Endi robot turli past-balandlikdagi joylarda harakatlanishi, mashinalar ostidan o‘tishi va muzda sirpanib yurishi mumkin. Bu haqda IEEE Spectrum nashriga tayanib, Tjournal xabar berdi.

Muhandislar robot oyoqlarini takomillashtirdi. Egiluvchan elementlardan voz kechilib, elektrodvigatel hisobiga kuchli zarbalarni yengillashtirish taklif qilindi.

Rolikda ikkita robotning maysazor bo‘ylab harakatlanishini, to‘siqlardan sakrab o‘tishini, qor, muz va toshlar ustida yurishini va mashina ostidan o‘tishini ko‘rish mumkin.

Robotning vazni olti kilogrammni tashkil qiladi. Shuningdek, Minitaur uch kilogrammgacha bo‘lgan yukni ko‘tara oladi. Robotning eng yuqori sakrash balandligi 48 santimetrni tashkil qiladi, harakatlanish tezligi esa sekundiga ikki metrgacha yetishi mumkin. Batareya quvvati robotning 20 daqiqa mustaqil ishlashi uchun yetadi. Robot hali sotuvga chiqarilmadi. U taxminan 1500 dollarga baholanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют