» » Termizda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Termizda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Termizda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Uning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov, Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar adliya organlari mamlakat boshqaruv tizimida muhim o‘rin egallab, qonun ustuvorligini, huquqni qo‘llashda yagona davlat siyosatini amalga oshirish yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotganligini ta’kidladi. Viloyat adliya boshqarmasi uchun zamonaviy binoning qurilib, foydalanishga topshirilishi uning faoliyatini yanada yaxshilash va zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanishga topshirilgan bino uchun 6,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Uch qavatli bino xizmat xonalari, 180 o‘rinli majlislar zali, yangi zamonaviy texnika vositalari, ofis mebellari va zarur jihozlar bilan ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют