» » Termizda yangidan barpo etilgan San’at saroyi foydalanishga topshirildi

Termizda yangidan barpo etilgan San’at saroyi foydalanishga topshirildi


Termiz shahrida Navro‘z bayrami arafasida yangidan barpo etilgan muhtasham San’at saroyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

700 o‘rinli salobatli San’at saroyini barpo etishga 132 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. 32 gektar maydondan iborat hudud obodonlashtirilib, ko‘rkam va go‘zal go‘shaga aylantirildi. 3 ming o‘rinli amfiteatr binosi, rangli favvora qurildi.

Milliy va zamonaviy arxitektura yechimlari asosida qad rostlagan bino eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan. Muhtasham saroyda turli sahna asarlari va ko‘ngilochar tomoshalarni keng namoyish etish uchun zarur qulaylik yaratilgan.

Ayni paytda Termiz shahrida madaniyat va san’at fidoyilari uchun ikkita ko‘p qavatli yangi uy qurilmoqda. Teatr xodimlari uchun yana bitta ko‘p qavatli uy-joy qurish ko‘zda tutilgan.

Tantanali tadbirda Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri san’atkorlari saxnalashtirgan spektakllardan parchalar hamda san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют