» » Gdansk shahrining minglab aholisi mer o‘ldirilishi munosabati bilan aksiya e’lon qildi

Gdansk shahrining minglab aholisi mer o‘ldirilishi munosabati bilan aksiya e’lon qildi


Gdansk shahri merining o‘ldirilganidan so‘ng minglab shahar aholisi aksiya o‘tkazish uchun ko‘chaga chiqdi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.

Shahar meri Pavel Adamovich shifoxonada vafot etdi. 13-yanvar, yakshanba kuni kechqurun xayriya konserti o‘tkazilayotgan vaqtda noma’lum shaxs sahnaga yugurib chiqdi va merning ko‘kragiga pichoq bilan urdi.

Hozirda jinoyatchi ushlangan. U 27 yoshda bo‘lib, bankni o‘margani uchun 5 yilga qamalgan va yaqinda qamoqdan chiqqan yigit ekanligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, hujum qilgan shaxs ruhiy kasal. Polsha poytaxtida uch kunlik motam e’lon qilingan. Mamlakatda umummilliy motam hali sanasi belgilanmagan dafn marosimi kuni bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют